Lukashenko harbiylarga jiddiy topshiriq berdi
Olam
−
22 avgust 2020
14602Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Mudofaa vazirligi rahbariyatidan mamlakatning hududiy yaxlitligini saqlash uchun barcha choralarni ko‘rishni talab qildi. Prezident g‘arbiy chegaralarga ko‘proq e’tibor qaratishni so‘radi. Lukashenko Grodno shahri yaqinidagi harbiy poligonga borganida shunday ko‘rsatma berdi.
“Eng avvalo Belarusning markazi Grodno bo‘lgan g‘arbiy marvaridini qo‘riqlash kerak. Mamlakatimiz hududiy yaxlitligini saqlash uchun eng jiddiy choralarni ko‘rish zarur”, degan Lukashenko.
Belarus Prezidenti mamlakatga qarshi rangli inqiloblar ssenariysi tashqi omillar bilan birgalikda qo‘llanilayotganini ta’kidlab o‘tdi.
“Hammasi tushunarli. Biz taxmin qilganimizdek, hammasi rangli inqiloblar rejasi bo‘yicha ketyapti. Vaziyatning o‘ziga xosligi va alohida belgisi unga tashqi omil qo‘shilganida. Odatda ular ichkarini to‘zitadi, amaldagi hokimiyatni ag‘daradi. Bizda hukumat o‘rnidaligi va qarshilik ko‘rsatayotganiga ko‘ra, tashqi omil va qo‘shildi”, degan Lukashenko.
Lukashenko muxolifat G‘arb tomonidan harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanayotganini qo‘shimcha qildi. Prezident gaplariga NATOning mamlakat chegaralariga yaqinlashib kelayotganini misol qilib ko‘rsatdi.
“Ko‘ryapsizlarmi, ular muqobil Prezidentni olib kelyapti. Barchasi jiddiy”, degan Lukashenko.
Uning so‘zlariga ko‘ra, muxolifat G‘arb davlatlariga, mazkur holatda NATO a’zolariga murojaat qilib, aholini himoya qilishni so‘ramoqchi.
“Ular qo‘shin kiritadi va Belarusni yo‘q deb hisoblasak bo‘ladi”, degan Lukashenko.
Prezident G‘arb davlatlarining muxolifatni qo‘llab-quvvatlashini, Belarusdagi vaziyatga ochiqcha aralashish deb baholayapti.
Avvalroq, Belarusda muxolifat tomonidan tashkil etilgan Muvofiqlashtirish kengashiga nisbatan jinoiy ish ochilgandi. Ularga qonuniy hokimiyatni ag‘darish ayblovi qo‘yilgan.
LiveBarchasi