Luis Enrike “Real Madrid”ni boshqarishi mumkin – manba
Sport
−
17 yanvar 1437 1 daqiqa
Ispaniyalik mutaxassis Luis Enrike “Real Madrid” bosh murabbiyligi bo‘yicha muzokaralarga ochiq va agar klub tomonidan aniq taklif tushsa, Madrid jamoasini boshqarishga tayyor. Bu haqda “Speedline” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, agar “Real Madrid”da bosh murabbiy almashinuvi yuz bersa, Enrikening nomi klub rahbariyatining qisqa ro‘yxatidan o‘rin oladi.
Avvalroq, Luis Enrike PSJning shartnomani uzaytirish bo‘yicha takliflarini rad etgani haqida xabar bergan edi. Ispaniyalik murabbiy Parij klubi bilan 2027 yil 30 iyungacha bo‘lgan amaldagi shartnomasini yakunlab, so‘ng jamoani tark etishni rejalashtirgan. Biroq, top-klubdan taklif tushsa, u 2026 yil yozidayoq muddatidan oldin ketish variantini ham ko‘rib chiqmoqda.
Luis Enrike 2023 yil yozidan buyon PSJ bosh murabbiysi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Uning qo‘l ostida parijliklar ikki marta Liga 1, ikki marta Fransiya kubogi va uch marta Fransiya Superkubogini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, klub Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va Qit’alararo kubokda ham g‘alaba qozongan.
Ma’lumot uchun, Luis Enrike futbolchi sifatida ham “Real Madrid” safida to‘p surgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Liverpul” jamoasining sobiq ustozi Yurgen Klopp ham taklif bo‘lsa, “Real Madrid”ni boshqarish haqida jiddiy o‘ylayotganligi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi