Lotin yozuvidagi yangi alifbo loyihasi e’lon qilindi. Bir nechta harflar o‘zgartirilmoqda

Jamiyat

image

“O‘zbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi e’lon qilindi. Unda bir nechta harflarni o‘zgartiish taklif қилинмоқда.

Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasida lotin yozuviga asoslangan, 28 harf va 1 ta harflar birikmasidan iborat o‘zbek alifbosi joriy etiladi.

Qonunga ko‘ra, harflarni quyidagicha o‘zgartirish taklif qilinyapti:

“G‘, g‘” – “Ḡ, ḡ”
“O‘, o‘” – “Ō, ō”
“Sh, sh” – “Ş, ş”
“Ch, ch” – “Ç ç”.

Loyiha muhokamasi 31 martga qadar davom etadi.

Ma’lumot uchun, 1929 yil 1 dekabrda O‘zbekiston arab xatidan lotin alifbosiga o‘tgan. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng Respublikada o‘zbek yozuvini rus grafikasidan yana lotin grafikasi asosidagi yozuvga o‘tkazish haqida fikr-mulohazalar o‘rtaga tashlandi. Bu masala bir yil davomida ommaviy axborot vositalarida keng jamoatchilik ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, 1993 yil 2 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risidaFgi qonuni e’lon qilindi. Yangidan qabul qilingan o‘zbek alifbosi 31 harf va bir tutuq belgisi (apostrof)dan iborat deb belgilandi.

1993 yilda joriy etilgan alifboni va shu asosda tayyorlangan “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari”ni muhokama qilish jarayonida bir qator taklif va tavsiyalar qilindi, tanqidiy fikrlar bildirildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995 yil 6 may kuni alifboga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida qonun qabul qildi. Bu hujjatga binoan 1) yangi o‘zbek alifbosi 26 ta harf, 3 ta harflar birikmasidan iborat ekanligi belgilandi; 2) C c, Ɉ ɉ harflari alifbodan chiqarib tashlandi; 3) Ç ç, Ğ ğ, Ş ş, Ñ ñ harflarining shakli esa isloh qilindi. Yangi alifbo asosida ishlash 1996 yildan boshlanishi qayd etilgan edi.

2004-05 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi qonunni amalga oshirish ishlarini yanada jadallashtirish va takomillashtirish bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

471

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing