Lotin Amerikasining ikki yirik mamlakati noma’lum muddatga elektr energiyasisiz qoldi

Olam

image

Argentina, Urugvay, shuningdek, Braziliya va Paragvayning ba’zi tumanlari aholisi tizimdagi nosozlik sabab elektr energiyasidan uzilib qoldi. Bu haqda Lotin Amerikasi OAV xabar tarqatdi.

“Elektr ta’minoti tizimidagi keng ko‘lamli uzilish sabab butun Argentina va Urugvay elektr energiyasisiz qoldi”, deb xabar berdi Edesur kompaniyasi.

Urugvay energetika kompaniyasi UTE Edesur`ning xabarini tasdiqladi. Hech bir kompaniya tizimdagi nosozlikning bartaraf etilish va elektr ta’minoti qayta tiklanish  vaqtini aytmayapti.

Argentina OAV ma’lumotiga ko‘ra, elektr ta’minotidagi uzilishlar erta tongda boshlangan. Uzilish Santa-Fe, San-Luis, Formosa, La-Rioxa, Chubut, Kordova va Mendosa viloyatlariga ta’sir qilgan.

Ma’lumot uchun, Urugvay va Argentinada umumiy hisobda 48 millionga yaqin odam yashaydi.


Maqola muallifi

Teglar

elektr energiyasi Urugvay Argentina

Baholaganlar

26

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing