Los-Anjelesni yoqib yuborgan yana 2 kishi qo‘lga olindi (video)

Olam

image

Los-Anjeles politsiyasi Kaliforniyaning Los-Anjeles shahridagi eng yirik yong‘inda gumon qilingan ikki kishini hibsga oldi. Bu haqda kecha, 15 yanvar kuni ABC News xabar berdi.

Aniqlik kiritilishicha, qo‘lga olinganlardan biri o‘t qo‘yganini tan olgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u buni “yonayotgan barglarning hidini yoqtirgani” uchun qilgan. Ikkinchi gumonlanuvchi o‘t qo‘yish sababi haqida so‘ralganda, u halokatli va vayrongarchilik ishlarini qilmoqchi ekanini aytgan.

“Yong‘in sodir bo‘lgan hudud yaqinidagi ayrim hodisalarda yong‘inni keltirib chiqargani uchun yana ikki kishi hibsga olindi”, deyiladi xabarda.

Kanadaning CBC News telekanali Los-Anjeles politsiya departamenti rahbariga tayanib, 14 yanvar kuni yana uch kishi o‘t qo‘yishda gumonlanib hibsga olingani haqida xabar berdi.

Gumonlanuvchilardan biri barbekyu olov yondirgichi yordamida shahar ichida olov yoqmoqchi bo‘lgan, yana ikki nafari esa G‘arbiy Los-Anjelesdagi butalar va axlat qutisiga o‘t qo‘ygani uchun hibsga olingan.

Los-Anjelesdagi ko‘plab o‘rmon yong‘inlari 7 yanvar kuni boshlangan. Yong‘inni o‘chirish davom etmoqda, kuchli shamol yong‘inni kuchaytirmoqda va qutqaruv guruhlarida suv tugamoqda. Yong‘inlar tufayli shtatda katta tabiiy ofat e’lon qilindi. 12,3 mingdan ortiq binolar vayron bo‘lgan. 9 yanvar kuni bir kishi Los-Anjelesga o‘t qo‘yishda gumonlanib hibsga olindi. U umrbod qamoq jazosiga mahkum etilishi mumkin. Okrugdagi yirik o‘rmon yong‘inlari kamida 25 kishining hayotiga zomin bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Los-Anjeles politsiyasi o‘rmon yong‘inlariga sabab bo‘lganlikda gumon qilinayotgan shaxsni qo‘lga olgandi. Gumonlanuvchini qo‘lga olishda mahalliy aholi yordam bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing