Lopesdan kiyim, Di Kapriodan pul. San’atkorlar Los-Anjelesdagi yong‘indan jabrlanganlarga xayriya qildi
Madaniyat-san’at
−
18 yanvar
351455 yoshli qo‘shiqchi, aktrisa, raqqosa Jennifer Lopez Los Aljelesdagi yong‘inlarda jabrlanganlarga o‘z garderobidan insonparvarlik yordamini jo‘natgan bo‘lsa, 50 yoshli aktyor Leonardo Di Kaprio 1 million dollar xayriya qildi. Bu haqda “The Voice Mag” xabar berdi.
Xabaringiz bor joriy yilning 7 yanvar kuni AQSHning Los-Anjeles shtatida o‘rmon yong‘inlari boshlangandi. Yong‘inlar tufayli shtatda katta tabiiy ofat e’lon qilindi. 12,3 mingdan ortiq binolar vayron bo‘lgan. Okrugdagi yirik o‘rmon yong‘inlari kamida 25 kishining hayotiga zomin bo‘lgandi.
Yong‘in oqibatida zarar ko‘rganlarning ko‘pchiligi shoshilinch tarzda uylarini tark etgan, faqat hujjatlarini olib chiqishga ulgurgan xalos. Hozirda jabrdiydalar uchun kiyim-kechak, poyabzal, shaxsiy gigiyena vositalari va boshqa zaruriy narsalarni yig‘ish uchun markazlar tashkil etilgan.
Xususan, Jennifer Lopes 30 yillik karerasi davomida to‘plagan garderobini ko‘rib chiqib, ko‘plab kiyimlarni hadya qildi. Ular orasida tolstovkalar, jinsilar, sviterlar va qishki kurtkalar bor. Shuningdek, u o‘zining kosmetika mahsulotlari, tozalash va namlash vositalarini ham yordam sifatida yubordi. Uning hadyalari Los-Anjeles va Pasadina okruglaridagi o‘quvchilar, o‘qituvchilar va ularning oilalariga yetkazildi.
Leonardo Di Kaprio esa 1 million dollar miqdorda xayriya amalga oshirdi. U bu mablag‘ni yong‘inlarga qarshi kurashayotgan qutqaruvchilarga va jabrlanganlarga yordam tariqasida xayriya qildi.
Shuningdek, Beyonse va Jay-Z ham yordam sifatida 2,5 million dollar ajratdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Los-Anjeles politsiyasi Kaliforniyaning Los-Anjeles shahridagi eng yirik yong‘inda gumon qilingan ikki kishini hibsga olgandi.
LiveBarchasi
O‘zbekiston sun’iy yo‘ldosh yasayapti.
17 yanvar