Londonning ikki klubi “Barselona” futbolchisiga da’vogar

Sport

image

Braziliyalik yosh iqtidor egasi Malkom joriy yozda Kataloniyani tark etishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, futbolchi o‘tgan mavsum boshida “Bordo” safidan ispaniyaliklar safiga kelib qo‘shilgan edi.

Tez orada “Barselona” safiga kelib qo‘shilishi kutilayotgan Neymar va Grizmann jamoada to‘p surib boshlasa, Malkomda zahiradan maydonga tushish imkoniyati ham bo‘lmasligi mumkin. Shu sababdan futbolchi tezroq boshqa klub safiga o‘tib ketish niyatida.

Ayni paytda 22 yoshli yarim himoyachini Londonning ikki klubi o‘z safiga chorlamoqda. “Arsenal” va “Tottenhem” hujumni xush ko‘ruvchi futbolchiga 35 mln yevro taklif etmoqda. 

Katalonlar esa 40 mln talab qilishyapti. Negaki ispan grandi Grizmann va Neymar transferiga pul yig‘moqda. Ayni paytda jamoa ikki futbolchini sotishga erishdi.


Maqola muallifi

Teglar

Tottenhem Barselona Arsenal Mal'kom

Baholaganlar

25

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing