De Zuluyeta xonim avvalgi saylovlarda O‘zbekiston kuzatuvchilarga cheklov qo‘yganidan nolidi

Intervyu

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining (YeXHT DIIHR) Saylovni kuzatish missiyasi rahbari Kayetana De Zuluyeta O‘zbekistondagi avvalgi va hozirgi parlament saylovi haqida fikr bildirdi.

Zuluyeta xonimning QALAMPIR.UZ`ga ma’lum qilishicha, avval O‘zbekistonda YeXHTning Saylovni kuzatish missiyasi a’zolari soni bo‘yicha cheklov bo‘lgan. Cheklov mamlakat Hukumati tomonidan o‘rnatilgan. 

“Bu kuzatuvchilarning O‘zbekistondagi ikkinchi to‘liq missiyasi. Birinchisi 2016 yilda bo‘lgandi. Ta’kidlashim kerakki, avvalgi saylovlarda YeXHTning O‘zbekistonga yuborishi mumkin bo‘lgan kuzatuvchilar soniga cheklovlar o‘rnatilgandi. Biroq hozirgi va avvalgi saylovlarda cheklanmagan miqdorda joy ajratildi.

Bu O‘zbekiston uchun foydali. Mamlakatga saylovlar jarayonida transparentlikni qo‘llashga imkon beradi. Men avval AQSHda missiya rahbari, kuzatuvchi sifatida ishtirok etgandim.

2015 yildagi saylovda ham ishtirok etgandim. Hozir qator o‘zgarishlarni ko‘ryapman. Xususan, yangi Saylov kodeksi qabul qilindi. Ayni damda mana shu kodeks qanday ishlayotganini kuzatyapmiz. O‘ylashimcha, bu siz OAV vakillariga ham qiziq bo‘ladi”, deydi Kayetana De Zuluyeta


Maqola muallifi

Teglar

saylov EXHT Kayetana De Zulueta

Baholaganlar

25

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing