Londonda Ukrainaning NATOga kirishi muhokama qilindi

Olam

image

Bugun, 10 oktyabr kuni Londonda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer va NATO Bosh kotibi Mark Ryutte o‘rtasida uch tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Ukraina Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Yetakchilar Mark Ryuttening NATOning yangi Bosh kotibi sifatida Ukrainaga birinchi tashrifi ramziyligini qayd etib, buni “alyans ustuvorliklarining yaqqol namoyishi” deb atadi. Muzokaralarning asosiy mavzulari Yevro-Atlantika integratsiyasi va Ukrainani harbiy jihatdan mustahkamlashdan iborat edi.

Prezident Zelenskiyning fikricha, bu adolatli dunyoni tiklash uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratadi.

“Vladimir Zelenskiy Rossiyaning har kuni tinch aholi va ob’ektlarga, energiya tarmoqlariga havo hujumlari, shuningdek, Qora dengiz don tashabbusi infratuzilmasiga so‘nggi hujumlar haqida batafsil gapirib berdi", deb yozadi matbuot xizmati.

Bayonotda, shuningdek, uchrashuv davomida NATOning Vashington sammiti qarorlarini imkon qadar tezroq amalga oshirish, xususan, Ukrainani yangi havo mudofaa tizimlari, snaryadlar, dronlar va uzoq masofali qurollar bilan mustahkamlash, aviatsiya salohiyatini kuchaytirish, shuningdek, ittifoqchilarning Ukraina ishlab chiqarishiga sarmoya kiritish masalalari muhokama qilingani ta’kidlangan.

"Vladimir Zelenskiy, Kir Starmer va Mark Ryutte keyingi qadamlari haqida kelishib oldi”, deya qo‘shimcha qildi matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 10 oktyabr kuni Vladimir Zelenskiy Parijga ham boradi va Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashadi. Ertaga, 11 oktyabr kuni esa u Berlinga boradi. Tashrif davomida Zelenskiy Germaniya kansleri Olaf Shols va Germaniya federal prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashadi. 


Maqola muallifi

Teglar

NATO Buyuk Britaniya Ukraina Vladimir Zelenskiy Mark Ryutte Kir Starmer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made