Londonda majburiy emlanishga qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi (video)

Olam

image

Bugun, 28 avgust kuni Niqob taqish va majburiy emlanishga qarshi bo‘lgan yuzlab odamlar norozilik yurishini uyushtirib, Buyuk Britaniya poytaxti Londonning markaziy ko‘chalarida harakatni to‘sib qo‘ydi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.

Qayd etilishicha, ko‘plab namoyishchilar Xayd-Parkda to‘planib, u yerdan “Ozodlikni qaytar”, “Niqoblarga yo‘l yo‘q” shiorlari ostida shahar ko‘chalari bo‘ylab Vestminster ko‘prigi tomon harakatlangan.

Ayrim ko‘chalarda namoyishchilar yo‘l bo‘ylab harakatlangani sababli mahalliy politsiya transport qatnovini to‘sib qo‘ygan. Namoyishchilar tirbandlikda turgan avtomobil haydovchilariga varaqalar tarqatib, shiorlar aytgan. O‘z navbatida, ba’zi haydovchilar namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlab, signal chalgan.

“Namoyishchilar “kovid pasporti”, bolalarni majburiy emlash, niqob taqishga qarshi norozilik bildirmoqda va pandemiyani ommaviy axborot vositalari hamda siyosatchilarning uydirmasi, deb hisoblamoqda”, deyiladi xabarda.

Butun olomon niqobsiz bo‘lgan, ba’zida namoyish ishtirokchilari shunchaki o‘tib ketayotgan boshqa yo‘lovchilarni niqobdaligi uchun baqirib, haqorat qilgan. Lekin umuman olganda ular o‘zlarini juda sokin tutgan.

Ma’lum qilinishicha, namoyishchilar Vestminster ko‘prigiga yetib borgach, baraban chalib, raqsga tushgan. Shu bilan birga ular “Ozodlik!” deya baqirgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

95

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing