Lola Tillyayeva Beverli-Xillzdagi qasrini sotdi
Olam
−
16 fevral
22553O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimovning qizi Lola Karimova-Tillyayeva o‘zining Beverli-Xillzdagi taxminan 4450 kvadrat metrlik “Le Palais” nomli saroyini 36 million dollarga sotib yubordi. Bu haqda “The Wall Street Journal” (WSJ) xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Lola Karimova-Tillyayeva va uning turmush o‘rtog‘i, tadbirkor Timur Tillyayevga aloqador kompaniya 2013 yilda mazkur saroyni 32,75 million dollarga sotib olgan. Hozir ular uyni kimga sotgani haqida hech narsa ma’lum emas.
Uy 2011 yilda Los-Anjeles hududida ko‘plab hashamatli uylar qurgan Jiji va Bella Hadidning otasi Muhammad Hadid tomonidan qurilgan. Uy Beverli-Xillz mehmonxonasi ro‘parasida joylashgan bo‘lib, qo‘lda o‘yilgan fransuz ohaktosh fasadiga ega. Mulk hujjatlari shuni ko‘rsatadiki, uyda yettita yotoqxona bor.
WSJ’ning ta’kidlashicha, Tillyayevaning Los-Anjelesdagi uyi unga tegishli ko‘chmas mulk ro‘yxatidagi eng qimmat uy emas. Tillayevlarning Shveysariyadagi qasri taxminan 47 million Shveysariya frankiga baholangan.
Ma’lumot uchun, 2020 yil avgust oyida AQSH matbuoti Lola Tillyayeva Qo‘shma Shtatlardagi eng qimmat hududlardan biri hisoblangan Gollivud tepaligidagi bir emas, uchta villani sotuvga qo‘ygani haqida yozgan. Har uchala villa 2014 yilda 16,1 million dollarga sotib olingan, biroq 2020 yil avgustida ular 18,9 million dollarga baholangan.
Lola Karimova-Tillyayeva otasining vafotidan so‘ng, turmush o‘rtog‘i Timur Tillyayev va farzandlari bilan AQSHga ko‘chib o‘tgan. U masofadan turib, “Sen yolg‘iz emassan” fondi hamda Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondini boshqarib keladi. U AQSHda "The Harmonist" attorlik buyumlari brendiga asos solgan.
LiveBarchasi