Lola Karimova 41 yoshni qarshiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi, “Sen yolg‘iz emassan” fondi hamda Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi vasiylik kengashi raisi Lola Karimova-Tillyayeva bugun, 3 iyul kuni 41 yoshni qarshiladi. Ayni vaqtda AQSHda yashab kelayotgan Lola Karimova Instagram’dagi sahifasi orqali umr yo‘llarida uchragan hammaga, ularni yaxshi yo yomonga ajratmagan holda, minnatdorlik bildirdi. U shunday yozadi:

"41 yoshimni qarshi olar ekanman Parvardigorga hayotimning har bir o‘tgan kuni, ortirilgan tajriba, men sevgan insonlar, oilam, barcha quvonch va tashvishlar, g‘alaba va ko‘ngilsizliklar uchun behisob shukronalar aytaman. Umr yo‘limda uchratgan hamma insonlarga, ularni yaxshi yomonga ajratmagan holda, hayolan tashakkur aytaman, chunki ular haqida ko‘proq anglash va o‘sish imkonini bergan ustozlar sifatida fikr yuritaman. 

Ortga nazar solar ekanman, hayotda sodir bo‘ladigan voqealar oq va qoraga bo‘linmasligi, barchasi tajriba va u bizni haqiqiy o‘zligimizga yo‘l topishda, Alloh yaratgan asl oliy insoniy tabiatimizni anglashda yordam berishini tushunaman. Hali ham yo‘lda ekanimni anglayman, kelajakka umid va mehr ila boqaman", deb yozadi Lola Karimova-Tillyayeva. 

Ma’lumot o‘rnida, Lola Karimova 1978 yilning 3 iyul kuni tavallud topgan. Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. Uch farzandning onasi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

180

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing