“Lokomotiv” klubining sobiq futbolchisi o‘z joniga qasd qilmoqchi
Sport
−
29 Sentabr 2023
12046Moskvaning “Lokomotiv” klubi sobiq futbolchisi Fransiyadagi ko‘prikdan sakrab, o‘z joniga qasd qilish bilan tahdid qilmoqda. Bu haqda SHOT Telegram-kanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, ayni daqiqalarda 22 yoshli Aleksis Beka-Beka Nitssa trassasida joylashgan 100 metr balandlikdagi Manyan ko‘prigi chetida turib, o‘z joniga qasd qilish bilan tahdid qilmoqda. Voqea joyida qutqaruvchilar ishlamoqda.
Ma’lumot uchun, Beka-Beka 2021 yildan 2023 yilgacha “Lokomotiv” safida to‘p surgan. O‘tgan mavsum qishida u 12 million yevro evaziga “Nitssa”ga ko‘chib o‘tdi, biroq yangi mavsumda u yerda birorta ham o‘yin o‘tkazmadi.
LiveBarchasi