“Lockdown” 2020 yil so‘zi bo‘ldi
Olam
−
10 noyabr 2020
7000Ingliz tilining Collins English Dictionary izohli lug‘ati tuzuvchilari “lockdown” (lokdaun)ni 2020 yil so‘zi deb e’lon qildi.
Lug‘at tuzuvchilar o‘z tanlovini “coronavirus” (koronavirus) so‘zi “lokdaun”dan 35 000 marta ko‘proq ishlatilgan bo‘lsa-da, odamlar hayotiga virusning o‘zi emas, uning ijtimoiyoqibati ko‘proq ta’sir qilgani bilan izohladi.
Lug‘atda “lokdaun” so‘zining ma’nosi “jamoat joylariga borish, sayohat va ijtimoiy harakatlarga qat’iy cheklov qo‘yish” deb izohlangan.
Qisqa ro‘yxatga koronavirus pandemiyasi bilan aloqador yana beshta so‘z kiritilgan – “coronavirus”, “social distancing” (ijtimoiy masofalanish), “self-isolate” (o‘z-o‘zini yakkalash), “furlough” (majburiy maosh to‘lanadigan ta’til) va “keyworkers” (almashtirib bo‘lmaydigan xodimlar).
Qisqa ro‘yxatdan joy olgan so‘zlarning 4 tasi koronavirusga aloqador emas. Bular “Megxit”, “tiktoker”, “mukbang” va “BLM” (Black Lives Matter).2019 yilda
Collins English Dictionary “climate strike” (iqlim zarbasi) so‘zini 2019 yil so‘zi deb tanlagandi.
LiveBarchasi