Lochin yo‘lagidagi vaziyat BMTda muhokama qilinadi
Olam
−
20 dekabr 2022
2600Bugun, 20 dekabr kuni BMT Xavfsizlik Kengashi Armaniston iltimosiga binoan uning Ozarbayjon bilan chegarasidagi vaziyat bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi. Bu haqda Kengashning bugungi ish dasturida aytilgan.
TASSning aniqlik kiritishicha, Lochin yo‘lagi atrofidagi vaziyat diqqat markazida bo‘ladi.
Armaniston Tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan o‘tgan hafta Nyu-Yorkka borib, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi. Mirzoyan Lochin yo‘lagi bilan bog‘liq masalalarni ko‘tardi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12 dekabr kuni o‘zini ekologlar deb tanishtirgan bir guruh ozarbayjonliklar Armaniston va Tog‘li Qorabog‘ni bog‘lovchi yagona yo‘l bo‘lgan Lochin yo‘lagini to‘sib qo‘ydi. Yerevan bu qadamni rasmiy Baku tomonidan tan olinmagan respublikada gumanitar falokat yaratishga qaratilgan provokatsiya sifatida baholadi.
Ozarbayjon nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) vakillari Qorabog‘ viloyatidagi Shusha-Lochin yo‘lida rossiyalik harbiylarning vaqtinchalik nazorati ostidagi hududlarni kuzatish taqiqlanganini qoralagan mitingni hamon davom ettirmoqda.
Faollar ekologik terror, konlardan noqonuniy foydalanishga qarshi shiorlar aytmoqda, Rossiyaning Qorabog‘dagi harbiy kontingenti qo‘mondoni Andrey Volkov bilan uchrashishni talab qilmoqda.
LiveBarchasi