Liviyada yana qonli to‘qnashuvlar boshlanish xavfi yuqori – BMT

Olam

image

BMT Liviyadagi voqealarni xavotir bilan kuzatib bormoqda va barcha manfaatdor tomonlarni xalq manfaatlariga e’tibor qaratishga chaqiradi. Bu haqda jurnalistlarga xalqaro tashkilot Bosh kotibi vakili Stefan Dyujarrik ma’lum qildi.

Xususan, BMT vakili Liviya Vakillar palatasi tomonidan saylangan Bosh vazir Fathi Bashagning Milliy birlik hukumati rahbari Abdulhamid Dibeybaga hokimiyatni topshirish haqida qo‘ygan talabiga izoh bergan.

“Birlashgan Millatlar Tashkiloti Liviyadagi vaziyatni, jumladan, qo‘shimcha kuchlarni to‘plash va siyosiy raqobat maqsadida kuch ishlatish xavfini katta tashvish bilan kuzatmoqda. Bu masalada keskinlikni oldini olish juda muhimdir. Tegishli tomonlar Liviya xalqi manfaatlarini ham hisobga olishi kerak”, deydi Dyujarrik.

Unga ko‘ra, BMTning Liviya bo‘yicha maxsus vakili mamlakatdagi barcha tomonlar bilan aloqada.

Liviyada bir muncha vaqtdan beri Abdulhamid Dibeybe va Fethi Bashaga boshchiligidagi ikkita alohida hukumat faoliyat yurityapti. Mavjud vaziyat mamlakat yana zo‘ravonliklar girdobiga tortilishi xavfini yuzaga keltiryapti.

Fethi Bashaga 24 avgust kuni Dibeybaga yo‘llagan bayonotida uni muddati tugagan vakolatlaridan ixtiyoriy ravishda voz kechishga chaqirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Liviya

Baholaganlar

132

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing