Liviya masalasi Rim Papasini nega bezovta qilib qo‘ydi?

Olam

image

Rim papasi Fransisk barcha siyosiy va harbiy rahbarlarni Liviyadagi harbiy harakatlarga barham berish yo‘llarini topishga chaqirdi. Ushbu bayonotni Rim katolik cherkovi rahbari an’anaviy yakshanba va’zida aytib o‘tdi.

“Men Liviyadagi voqealarni juda katta hayajon bilan kuzatyapman. Xalqaro tashkilotlar hamda harbiy va siyosiy majburiyatlarni bajaradiganlarni mamlakatda tinchlik, barqarorlik va birdamlikka olib keladigan islohotlarni izlab topishga chaqiraman”, dedi u.

Rim papasi, shuningdek, yangi koronavirus pandemiyasi fonida global sog‘liqni saqlash holati Liviya muhojirlari, qochqinlar va boshqa joyga ko‘chirilgan odamlarning yashash sharoitlarini og‘irlashtirayotganini ta’kidlab o‘tdi. "Men xalqaro hamjamiyatni ularning ahvolini inobatga olishga va zaruriy himoya, munosib sharoitlar bilan ta’minlashga chaqiraman", deya qo‘shimcha qildi u.

Ma’lumot uchun, 2011 yilda Liviyada Muammar Qazzofi hokimiyatdan ag‘darilib, o‘zi o‘ldirilgach, mamlakatda siyosiy inqiroz boshlangan. Liviyada hozirgacha qo‘shhokimiyatchilik hukm suradi. Amalda davlatchilik yo‘q.

Sharqda saylangan parlament hokimiyati o‘rnatilgan bo‘lsa, Tripoli va g‘arbni BMT va Yevropa Ittifoqi ko‘magida shakllantirilgan Faiz Sarroj boshliq Milliy birdamlik hukumati boshqaradi.

Sharqdagi hukmron doiralar rasmiy Tripolidan mustaqil va LMA qo‘mondoni Xalifa Haftar bilan hamkorlik qiladi. Haftar kuchlari 2019 yilning aprelida poytaxt Tripolini egallash uchun harbiy harakatlarni boshlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Liviya Rim Papasi

Baholaganlar

149

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing