Liviya armiyasi Misr Prezidentining tahdidiga javob qaytardi

Olam

image

Avvalroq, Misr Prezidenti Abdul Fattoh As-Sisi Liviya Milliy birdamlik hukumati (MBH) kuchlari Sirt va Jufra shahrini egallaydigan bo‘lsa, mamlakatga bostirib kirishi mumkinligini ma’lum qilgandi.

As-Sisining ushbu tahdidiga Liviya tomoni munosabat bildirdi. MBH nazoratidagi Liviya armiyasi Misr Prezidentining tahdidini Liviya ishlariga ko‘pol aralashuv va urush boshlash deb baholadi.

Sirt va Jufrani egallash bo‘yicha operatsiya vakili Abdulhadi Dirah Sirt va Jufrani “qizil chiziq” deb atagan Misr Prezidentiga javoban Liviya armiyasi barcha tumanlarni Xalifa Haftar kuchlari, uning yollanma jangchilari va tarafdorlaridan tozalashini aytib o‘tgan.

As-Sisi Sirt va Jufrani Misr xavfsizligi uchun so‘nggi nuqta deb atagandi va u yerlar hukumat nazoratiga o‘tsa, Liviyaga qarshi urush boshlashga tayyorligini bildirgandi.

Abdul Fattoh As-Sisi chegaradagi harbiylarga murojaatida Liviyadagi urug‘-qabilalarni qurollantirib, ularni jang qilishga o‘rgatishga tayyorligini aytib o‘tgan.

MBH Misr Prezidentining tahdidiga rasmiy munosabat bildirmadi. Ammo Prezidentlik kengashi a’zosi Muhammad Ammiri Zaid Sisining bayonoti Liviyaning milliy xavfsizligiga va umuman, Shimoliy Afrikadagi barqarorlikka zarar yetkazishini aytib o‘tgan.

Zaid Sisining chegaradagi qabila va urug‘larni qurollantirish haqidagi fikri nafaqat Liviya xavfsizligiga balki, global xavfsizlikka tahdid ekanini qo‘shimcha qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Misr-Liviya

Baholaganlar

285

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar