“Liverpul” yetakchi futbolchilaridan birini Mbappe uchun sotadi

Sport

image

Angliyaning "Liverpul" klubi bu yil qishda hech kimni sotib olishni rejalashtirmagan, ammo yozgi transfer oynasini allaqachon o‘ylab qo‘ygan

Manbaga ko‘ra, "qizillar"ning asosiy maqsadi fransiyalik futbolchi Kilian Mbappe bo‘ladi. 

"PSJ" futbolchisi uchun mersisaydliklar o‘zining top o‘yinchilaridan birini sotishga tayyor: Muhammad Saloh, Roberto Firmino yoki Sadio Mane. 

Yuqoridagi futbolchilardan birini sotish orqali "Liverpul" Mbappega joy ajratishga umid qilmoqda.

Saloh, Mane va Firminoning shartnomalari 2023 yilgacha tuzilgan. Mbappening hozirgi klubi bilan shartnomasi esa yana bir yarim yil davomida amal qiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Saloh, Mane yoki Firmino La Liga klubiga yo‘l olishi mumkin, ammo qaysi klubga ekanligi noma’lum. 

Saloh, Mane yoki Firmino Mbappeni ta’qib qilayotgan, ammo "Liverpul"ga yutqazishi mumkin bo‘lgan "Real"ga o‘tishi ham mumkin. 

Avvalroq, Muhammad Salohning koronavirusga topshirgan testi musbat natija bergani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

KILIAN MBAPPE

Baholaganlar

256

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar