“Liverpul” “Enfild”da 4 yildan so‘ng to‘xtatildi

Sport

image

“Liverpul” Angliya-Premer Ligasining 18-turidan o‘rin olgan bahsda turnir jadvalida 17-o‘rinda borayotgan “Byornli”ga o‘z maydonida 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

“Byornli”ga g‘alaba keltirgan yagona golni 83-daqiqada Barns penaltidan darvozaga kiritdi.

Bu o‘yinda “mersisaydlik”larning Premer-liga doirasida o‘z maydonidagi 68 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasi barham topdi. Klopp jamoasi “Enfild”da so‘nggi bor 2017 yili “Kristal Pelas”ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.

Natijada “Liverpul” 34 ochko bilan Premer Liganing 4-o‘rinida qoldi, “Byornli” jamoasi esa 19 ochko bilan 16-pog‘onaga ko‘tarildi.

Ayni vaqtda turnir jadvali quyidagi ko‘rinishda:


Maqola muallifi

Teglar

Liverpul' Enfild mersisaydlik Angliya-Prem'er Ligasi

Baholaganlar

30

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing