“Liverpul” Bredli Barkola bilan kelishuvga erishdi

Sport

image

PSJ vingeri Bredli Barkola “Liverpul” bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Nikolo Skira ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar 2032 yil yoziga qadar amal qiladigan shartnoma yuzasidan kelishib olgan. Unga ko‘ra, 23 yoshli fransiyalik futbolchi “Liverpul”dagi eng yuqori maosh oluvchilardan biriga aylanadi.

Endi ingliz klubi transfer summasi borasida PSJ bilan muzokara olib borishi kerak. Parijliklar Barkolani 170 million yevroga baholamoqda. Biroq, “Liverpul” bu narxni pasaytirishga umid qilmoqda va 100 million yevrodan yuqori taklif tayyorlagan.

Qayd etilishicha, futbolchining o‘zi ham transferga qarshi emas va agar klublar o‘zaro kelishuvga erishsa, “Liverpul” uning faoliyatini davom ettirish uchun ustuvor variant hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Bredli Barkola barcha musobaqalarda 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing