“Liverpul” “Barselona” sardorini transfer qilmoqda
Sport
−
09:54 303 1 daqiqa
Angliyaning “Liverpul” jamoasi “Barselona” himoyachisi va sardori Ronald Arauxoni ijaraga olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Barselona” sport direktori Deku ikki klub o‘rtasida erishilgan og‘zaki kelishuvni ma’qullagan.
Ma’lumot uchun, Ronald Arauxo 2020 yildan buyon “Barselona” asosiy jamoasi safida to‘p tepib kelmoqda. O‘tgan mavsumda u kataloniyaliklar tarkibida barcha musobaqalar doirasida 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan.
Urugvaylik himoyachi mavsum davomida ruhiy holati bilan bog‘liq muammolar tufayli ma’lum muddat maydondan tashqarida qolgan.
“Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, Arauxoning bozor qiymati 20 million yevroni tashkil etadi.
Live
Barchasi