“Liverpul” “Barselona”sabab Saloh bilan shartnomani yangilamoqchi

Sport

image
0:00
0:00
download

Angliyaning “Liverpul” klubi hujumchi Muhammad Saloh bilan tez orada shartnomani uzaytirmoqchi. Amaldagi bitim muddati 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi. Xabarlarga ko‘ra, bu holat futbolchiga “Barselona”dan bo‘lgan qiziqish bilan bog‘liq.

Tomonlar yangi shartnoma bo‘yicha kelishib olmagan, chunki “Liverpul” Misr terma jamoasi sardorining moliyaviy ishtahasini qondira olmayapti.

Eslatib o‘tamiz, “Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, Muhammad “Liverpul”dan tashqari qarshi o‘ynagan barcha ingliz klublari darvozasini ishg‘ol qilgan.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Saloh “qizillar” safida barcha turnirlarda 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

APL Barselona Liverpul' Saloh La liga

Baholaganlar

231

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing