“Liverpul” Barkola uchun qancha taklif qilayotgani ma’lum bo‘ldi
Sport
−
30 iyul 888 1 daqiqa
Angliyaning “Liverpul” jamoasi PSJ va Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Bradli Barkola uchun ilk rasmiy taklifini tayyorlamoqda. Bu haqda jurnalist va insayder Jeyms Pirs ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar futbolchini taxminan 100 million funt sterling (116,5 million yevro) evaziga o‘z safiga qo‘shib olishga umid qilmoqda.
Qayd etilishicha, Barkola PSJ bilan shartnomasini uzaytirish niyati yo‘qligini bildirgan va faoliyatini “Liverpul”da davom ettirishni istamoqda.
Shu bilan birga, Parij klubi 22 yoshli fransuz futbolchisini 145 million funt sterling (169 million yevro)ga baholamoqda. Biroq “Liverpul” bu qiymatni to‘lashni rejalashtirmayapti va transfer summasini kamaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borishni ko‘zlamoqda.
O‘tgan mavsumda Barkola barcha musobaqalarda 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.“Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 90 million yevroga teng.
Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionatida Barkola Fransiya terma jamoasining barcha 8 ta uchrashuvida ishtirok etib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust