“Liverpul” Aleks Oksley-Chemberlen bilan shartnomani uzaytirdi

Sport

image

Liverpul" yarim himoyachisi Aleks Oksley-Chemberlen klubi bilan uzoq muddatlik shartnoma imzoladi.

“Men juda xursandman. Bir yil vaqtimni jarohat sabab o‘tkazib yubordim. Har kuni ham “Liverpul”da o‘ynash imkoniyati bo‘lavermaydi. Bu yerdagi vaqtimni uzaytirganimdan benihoya baxtiyorman”, - deydi Chemberlen.

26 yoshli angliyalik futbolchi 2017 yilda “Arsenal”dan mersisaydliklar safiga kelib qo‘shilgandi. 15-raqam sohibi shu paytga qadar “qizillar” libosida 47 ta o‘yinda 5 ta gol urdi.

O‘tgan shanba kuni “Sautgempton”ga qarshi uchrashuvda Chemberlen 16 oylik tanaffusdan so‘ng yana maydonga qaytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

4

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing