Livan Isroilni bitimni buzganlikda aybladi

Olam

image

Isroil qurolli kuchlari Livanda sulh bitimini bir necha bor buzgan. Bu haqda Livan armiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

“2024 yilning 27 va 28 noyabr kunlari Isroil sulh kelishuvini bir necha bor buzib, Livan havo hududini buzdi va Livan hududlariga turli xil qurollar bilan hujum qildi”, deyiladi xabarda.

Bayonotga ko‘ra, Respublika Qurolli Kuchlari qo‘mondonligi “vakolatli organlar bilan kelishilgan holda ushbu qoidabuzarliklarni kuzatib boradi”.

SAXAL matbuot xizmati Isroil harbiylari Livan janubidagi “Hizbulloh” tashkilotining raketa omborida “terrorchilik harakati”ni aniqlagani, shundan so‘ng ushbu ob’ektga havo hujumi uyushtirilgani haqida xabar bergan. Bu tomonlar o‘rtasida sulh boshlanganidan keyin Livan hududidagi “Hizbulloh” nishoniga birinchi zarba bo‘ldi.

26 noyabr kuni Isroil va Livanning “Hizbulloh” harakati o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasidagi sulh bitimi 27 noyabr tongidan boshlab kuchga kirdi. Isroilning Livanga qarshi tajovuzini to‘xtatgan 13 banddan iborat sulh imzolangan bo‘lib, unda tomonlar quyidagicha majburiyatlar oldi. Sulhga ko‘ra, Livan hukumati “Hizbulloh” yoki Livan hududidagi boshqa qurolli guruhning Isroilga qarshi biron bir operatsiya o‘tkazishiga ruxsat bermaydi. O‘z o‘rnida Isroil ham Livandagi fuqarolik, harbiy yoki hukumat inshootlariga quruqlik, dengiz yoki havo orqali hech qanday harbiy hujum uyushtirmaydi. Shartnoma shartlariga ko‘ra, Isroil kuchlarining bo‘linmalari kelasi 60 kun ichida Livan hududini tark etadi. “Hizbulloh” esa o‘z qo‘shinlarini Isroil chegarasidan 30 kilometr uzoqlikdagi Litani daryosigacha olib chiqishi lozim. Bundan tashqari, Qo‘shma Shtatlar va Fransiya mintaqada barqarorlik va farovonlikni ta’minlash uchun Livanning iqtisodiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarga rahbarlik qilishga intilishi belgilandi. Shunday qilib, 26 noyabrda ikki o‘rtada o‘t ochish to‘xtadi va bu Isroilning Livan hududiga 14 oy davom etgan bosqini yakunlaganini bildiradi. Agar sulh shartlari hech qanday muammolarsiz, keshilganidek ado etilsa.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Livan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing