Livan Isroil bilan chegarada 4,5 ming harbiy joylashtiradi
Olam
−
07 aprel
5207Livan Isroil bilan chegarada 4 500 harbiy joylashtiradi. Ushbu qadam Livanning janubiy hududida davlat nazoratini o‘rnatish maqsadida amalga oshirilmoqda. Bu haqda Livan Prezidenti Jozef Aun ma’lum qildi.
Prezident Aun, shuningdek, Isroil armiyasining ba’zi hududlardagi mavjudligi hukumat uchun qiyinchiliklar tug‘dirayotganini ta’kidlamoqda. Bundan tashqari, u AQSHni Tel-Avivga bosim o‘tkazib, o‘z qo‘shinlarini Livan hududidan chiqarishga majbur qilishga chaqirgan.
NNA nashriga ko‘ra, Aun Livan “Xizbulloh” partizanlarining qurollarini olib qo‘yish va ularning janubiy hududdan chiqarilishini ta’minlashni maqsad qilganini bildirgan. Shu bilan birga, u “Xizbulloh” Livanning bir qismi ekanini va hukumatning bu masalada tinch yo‘l bilan hal qilishga intilishini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil noyabr oyida Livan va Isroil o‘rtasida sulh imzolangandi. Ushbu sulhga ko‘ra, Isroil o‘z qo‘shinlarini Livanning janubiy hududidan chiqarishi kerak edi, ammo bu shartlar to‘liq bajarilmadi. Hozirda Isroil qo‘shinlari Livan hududida beshta nuqtada mavjud.
LiveBarchasi
Trenddagilar


