Litvaning Qorabog‘ haqidagi bayonoti hayrat va afsusga sabab bo‘lmoqda – Baku

Olam

image

Ozarbayjon Litvaning Qorabog‘ bilan bog‘liq bayonotidan hayrat va afsus bildirdi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Oyxon Hojizodaning bayonotida so‘z borgan. 

“Ozarbayjon bilan uzoq yillardan buyon keng sheriklik munosabatlarini saqlab kelayotgan, davlatlararo munosabatlarda xalqaro huquqning suvereniteti va hududiy yaxlitligi tamoyillariga alohida ahamiyat beradigan, ushbu tamoyillarga doimo amal qiladigan Boltiqbo‘yi mamlakati Litvaning bunday qarorga kelgani ajablanarli va afsuslanarli”, deydi Ozarbayjon TIV matbuot kotibi.

Hojizoda Ozarbayjon hududida “Tog‘li Qorabog‘” deb nomlangan hududiy birlik yo‘qligini eslatgan.

“Litva endi “Boltiqbo‘yi” davlati deb atalmaganidek, Ozarbayjonning Qorabog‘ iqtisodiy rayonini Sovet Ittifoqi davrida shakllangan sobiq nomlari bilan atash mumkin emas”, deydi u.

Hojizoda, Litva Tashqi ishlar vazirligi noqonuniy iqtisodiy faoliyatga, tabiiy boyliklarning talon-toroj qilinishiga qarshi norozilik bildirish o‘rniga masalaga biryoqlama va noxolis yondashayotganidan, Lochin yo‘lidan harbiy provokatsiyalar, minalarni Ozarbayjon hududiga o‘tkazish  hamda noqonuniy iqtisodiy faoliyat uchun foydalanishidan xavotir bildirgan.

Shuningdek, u Litva tomonini Ozarbayjon fuqarolik jamiyati institutlarining tinch va qonuniy noroziligini hurmat qilishga chaqirgan.

“Mintaqadagi gumanitar vaziyatga oid da’volarga kelsak, biz yana bir bor ta’kidlaymizki, Ozarbayjon tomoni bizning hududlarimizda yashovchi armanlarning insonparvarlik ehtiyojlarini qondirishga doimo tayyor va bu masalaga uchinchi tomonning aralashuviga ehtiyoj yo‘q”, deya qo‘shimcha qildi u.

Avvalroq Litva Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Tog‘li Qorabog‘ uchun og‘ir gumanitar oqibatlarga olib keladigan Lochin koridorining davom etayotgan blokadasidan chuqur xavotir bildirgandi. 

“Bunday o‘zgarishlar nafaqat erkin harakatga to‘sqinlik qiladi, balki Janubiy Kavkazdagi butun tinchlik jarayonini izdan chiqaradi”, deyiladi TIV habarida.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12 dekabr kuni o‘zini ekologlar deb tanishtirgan bir guruh ozarbayjonliklar Armaniston va Tog‘li Qorabog‘ni bog‘lovchi yagona yo‘l bo‘lgan Lochin yo‘lagini to‘sib qo‘ydi. Yerevan bu qadamni rasmiy Baku tomonidan tan olinmagan respublikada gumanitar falokat yaratishga qaratilgan provokatsiya sifatida baholadi.

Ozarbayjon nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) vakillari Qorabog‘ viloyatidagi Shusha-Lochin yo‘lida rossiyalik harbiylarning vaqtinchalik nazorati ostidagi hududlarni kuzatish taqiqlanganini qoralagan mitingni hamon davom ettirmoqda. 

Faollar ekologik terror, konlardan noqonuniy foydalanishga qarshi shiorlar aytmoqda, Rossiyaning Qorabog‘dagi harbiy kontingenti qo‘mondoni Andrey Volkov bilan uchrashishni talab qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

179

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing