Litvada koronavirusga qarshi emlangan 8 kishi vafot etdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Litvada sakkiz kishi koronavirusga qarshi vaksina bilan emlanganidan so‘ng vafot etdi. “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Litva Dori-darmonlarni nazorat qilish davlat agentligi xodimi Rugile Pilveninening so‘zlariga ko‘ra, o‘lim holatlari insonlarning yoshi va surunkali kasalliklari bilan bog‘liq.

Ma’lumot uchun, Litvada  Pfizer/BioNTech, Moderna va AstraZeneca vaksinalaridan foydalanilmoqda.

“Vafot etgan odamlarning barchasi yoshi kattalar. Ulardan eng yoshi kichigi 69, eng keksasi esa 91 yoshda. Vafot etganlarning besh nafari ayol, uch nafari erkak. Bizning tahminimiz bo‘yicha ularning vafotiga keksa yoshda ekanliklari va surunkali kasalliklari sabab bo‘lgan”, deydi Pilvenine.

Dori-darmonlarni nazorat qilish davlat agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, COVID-19 ga qarshi emlash boshlanganidan keyin uch oy ichida (27 dekabrdan 31 martgacha) vaksinaga salbiy reaksiyalarning 1742 tasi ro‘yxatga olingan. Bu umumiy miqdorning 0,34 foizini tashkil qiladi.

Pilveninening aytishicha, 498 ta holat yengil va mo‘’tadil, 43 tasi esa og‘ir, deb tasniflanadi. Nojo‘ya reaksiyalar yuzasidan shikoyatlar ayollardan ko‘ra erkaklarda ko‘proq bo‘lmoqda.

 

Bokirxon Qosimxonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

67

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing