Litva Ukrainaga 200 million yevrolik harbiy yordam beradi

Olam

image

Litva Ukraina uchun 200 million yevro miqdorida uzoq muddatli yordam paketini tasdiqladi. Bu haqda bugun, 11 yanvar kuni Litva Milliy mudofaa vazirligi X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Vazirlikning qayd etishicha, shu oyda 22 million yevrodan ortiq harbiy yordam ajratilgan. Vilnyus yaqin orada Ukraina hududlarini minalardan tozalash bo‘yicha xalqaro koalitsiyaga yana 15 million yevro ajratishni rejalashtirmoqda.

“Shuningdek, biz ko‘proq o‘q-dorilar, generatorlar va detonatsiya tizimlarini yuboramiz”, deb yozadi nashr.

Qayd etish joizki, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy kecha, 10 yanvar kuni e’lon qilinmagan tashrif bilan Litva poytaxtiga borgan. 

“Bizning ishonchli do‘stlarimiz va asosiy hamkorlarimiz Litva, Estoniya va Latviyadir. Keyinchalik Tallin va Rigada bo‘laman, bugun esa Vilnyusdaman”, deb yozdi davlat rahbari X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida. 

Litva Prezidenti Gitanas Nauseda Zelenskiy bilan qo‘shma matbuot anjumanida Vilnyus Ukrainaga 200 million yevrolik uzoq muddatli yordam paketini ma’qullaganini aytgan.

Nausedaning aytishicha, Litva yanvar oyida Ukrainaga o‘q-dorilar, generatorlar va minalardan tozalash tizimlarini, fevralda esa M577 zirhli transportyorlarini topshiradi.

Shuningdek, Litva ukrainalik harbiy xizmatchilarni tayyorlash va mudofaa sanoati sohasida hamkorlikni mustahkamlashni davom ettiradi. 

“Litva urush boshidan beri Ukraina bilan birga bo‘ldi va g‘alabaga qadar u bilan birga bo‘ladi”, deydi Nauseda.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina-NATO kengashi yig‘ilishidan so‘ng alyansning ko‘plab a’zolari 2024 yilda Kiyevga milliardlab yevrolik qo‘shimcha imkoniyatlar taqdim etish rejalarini e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Litva Vladimir Zelenskiy Gitanas Nauseda

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing