Litva rossiyaliklarni terrorchi sifatida jinoiy javobgarlikka tortmoqchi – Butina

Olam

image

Avvalroq, Rossiya Federatsiyasini “terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi va amalga oshiruvchi” davlat deb atagan Litva Seymi (parlament) mamlakat qonunchiligini etnik ruslarni terrorchi sifatida jinoiy javobgarlikka tortish uchun o‘zgartirmoqchi. Bu haqda Rossiya Davlat Dumasining Xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi a’zosi Mariya Butina ta’kidladi.

“Menimcha, bu qarorning uzoq muddatli rejalari bor. Ular o‘z qonunchiligini millatdoshlarimiz, millati rus bo‘lgan vatandoshlarimizni terrorchi sifatida javobgarlikka tortish uchun o‘zgartirmoqchi. O‘z mamlakatlarida natsizmni rivojlantirish bo‘yicha yangi choralar o‘ylayapti”, deydi Butina.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mutlaqo qabul qilinishi mumkin emas.

“Tabiiyki, G‘arb vakili bo‘lgan jahon hamjamiyati Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llash zarurati tug‘ilgandagina g‘azablanadi. Ularni natsizmning gullab-yashnashi va burnining ostida yoyilayotgani umuman qiziqtirmaydi”, deya qo‘shimcha qildi deputat.

Eslatib o‘tamiz, Litva parlamenti Rossiya Qurolli Kuchlarining Ukrainadagi harakatlarini “genotsid” deb atagan edi. Ular ma’qullagan rezolyutsiyaga ko‘ra, Qurolli Kuchlari tinch aholi manzillariga ataylab va tizimli ravishda zarba beradigan Rossiya Federatsiyasi terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi va amaliyotda foydalanuvchi davlatdir.

Litva parlamenti barcha aybdorlarni jinoiy javobgarlikka tortish va Rossiyaning Ukrainadagi harakatlarini tekshirish va baholash uchun Maxsus xalqaro jinoyat tribunalini tuzishga chaqirdgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

108

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing