Litseylarga kirish imtihonlar qachon o‘tkazilish ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
08 avgust 2022 6598 1 daqiqa
Akademik litseylarga kirish test sinovlari joriy yilning 22 avgust kuni o‘tkaziladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
“Kirish test sinovlari 2022 yil 22 avgust kuni Davlat test markazi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda bir smenada o‘tkaziladi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, test sinovlari soat 8:00 boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2022/2023 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bugun, 8 avgust kunidan boshlanadi.
Live
BarchasiQo‘yliqda ham yong‘in sodir bo‘ldi
06 avgust