Litseyga kirish imtihonlarining javobi qachon chiqishi aniq bo‘ldi
Jamiyat
−
18 Sentabr 2021 5296 1 daqiqa
2021/2022-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining javobi joriy yilning 22 sentyabr kuni e’lon qilinadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.
“Akademik litseylarga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari (mandat) 2021 yil 22 sentyabr kuni vazirlikning litsey.edu.uz va oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarning rasmiy veb-saytlari orqali e’lon qilinadi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Avvalroq, Prezident maktablariga kirish uchun o‘tkazilgan imtihonlar natijasi 20 senyatbr kuni e’lon qilinishi haqida xabar bergan edik.
Live
BarchasiSuriyada KIP qo‘mondoni o‘ldirib ketildi
21 yanvar