Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish... Yangi qonunda nimalar deyilgan?

Jamiyat

image

2021 yil 13 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tgan edi. Unda deputatlar “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor etish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonun loyihasini atroflicha ko‘rib chiqdi.

Joriy yilning 14 iyulida qabul qilingan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘RQ-701-sonli  Qonun  bilan 49 ta litsenziyalar, 120 ta ruxsat berish hujjatlari hamda 33 ta xabarnomalarning yakuniy ro‘yxatlari tasdiqlandi.

Ushbu Qonunga ko‘ra, faoliyatni amalga oshirish hayot va sog‘liqqa, atrof-muhitga zarar, huquqlar va qonuniy manfaatlarga, jamoat xavfsizligiga ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lsa, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari joriy etiladi.

Shuningdek, litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish va ular bilan bog‘liq boshqa tartiblar barcha uchun ochiq bo‘lgan “Litsenziya” axborot tizimi (maxsus elektron tizim) orqali amalga oshiriladi.

Faoliyatning quyidagi turlari bo‘yicha litsenziyaning amal qilishi uchun yillik davlat bojlari belgilanadi:

• konsert-tomosha faoliyati;
• iste’mol va texnik etil spirti, alkogol ishlab chiqarish;
• alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi;
• telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanish va xizmatlarni ko‘rsatish.

Qonunga ko‘ra, litsenziya faoliyatning har bir litsenziyalanadigan turi uchun alohida beriladi.

Litsenziyalar ularning amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi, quyidagilar mustasno:

• tibbiy faoliyat;
• farmatsevtika faoliyati;
• giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyat;
• tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik vositasining miqdori 0,2 foizgacha bo‘lgan kannabisni sanoat maqsadlarida yetishtirish, olib kirish, qayta ishlash, saqlash, realizatsiya qilish, olish va tashish;
• ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqadan va teleradioeshittirishlarni tarqatishdan foydalanish va ularning xizmatlarini ko‘rsatish;
• neftni, gazni va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash va realizatsiya qilish;
• affinaj faoliyati.

Litsenziya berganlik, uning amal qilish muddatini uzaytirganlik va uni o‘zgartirganlik uchun davlat boji undiriladi.

Yuridik shaxslar filiallari va vakolatxonalari uchun alohida litsenziyalar hamda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar olish talab etilmaydi. Bunda avval olingan litsenziyalarda va ruxsatnomalarda filiallar va vakolatxonalarning manzillari ko‘rsatiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

51

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing