Litsenziyaga ega nodavlat OTMlar ro‘yxati e’lon qilindi
Jamiyat
−
26 avgust 2021
190855Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi 2021-2022 o‘quv yili oldidan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish, ishonchli ma’lumot taqdim etish maqsadida, litsenziya olgan nodavlat oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatini e’lon qildi.
Ro‘yxatga 19 ta OTM kiritilgan. Bular:
• Toshkent shahridagi Singapur Menejmentni rivojlantirish instituti;
• Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti;
• Toshkent shahridagi Inha universiteti;
• Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti;
• Toshkent shahridagi Amiti universiteti;
• Toshkent shahridagi Vebster universitetining ta’lim dasturlarini amalga oshirish markazi;
• Akfa universiteti;
• Qo‘qon universiteti;
• Farg‘ona shahridagi Koreya xalqaro universiteti;
• TEAM universiteti;
• Toshkent shahridagi Britaniya menejment universiteti;
• “Tashkent International University of Education” xalqaro universiteti;
• Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Toshkent shahridagi filiali;
• “EUROPEAN MEDICAL” universiteti;
• “STARS INTERNATIONAL” universiteti;
• Ma’mun nomidagi jahon tillari instituti;
• “AL-BUKHARI” universiteti;
• “CAMBRIDGE INTERNATIONAL” universiteti;
• “TMC” instituti.
Ta’kidlanishicha, nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hujjatlarni qabul qilish muddati va talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibini mustaqil belgilaydi.
Shu bilan birga, mamlakatda faoliyat yuritayotgan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan talabalar o‘qishini davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish talabadan alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari asosida o‘tkaziladi.
O‘tish ballidan past ball to‘plagan talabalar bakalavriatga qabul qilishdagi tartibga muvofiq tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.
O‘zbekiston davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish o‘rnatilgan tartibda, tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik to‘lov asosida amalga oshiriladi.
LiveBarchasi