Litsenzion musobaqani O‘zbekiston g‘alaba bilan boshladi

Sport

image

Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha Osiyo/Okeaniya mintaqalari uchun Tokio Olimpiadasiga litsenzion musobaqa start oldi. O‘zbekistonlik Yodgoroy Mirzayeva terma jamoa vakillari orasida birinchi bo‘lib ringga ko‘tarildi.

Mikroneziyalik Jennifer Chiyengga qarshi jangda o‘zbekistonlik bokschi Yodgoroy Mirzayevaning qo‘li baland keldi va musobaqani g‘alaba bilan boshlab berdi. Shu tariqa Yodgoroy faoliyatidagi ikkinchi Olimpiada sari dadil qadam tashladi.

Eslatib o‘tamiz, kechki dasturda -75 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik Fanat Qahramonov mezbon bokschi Osama Majidga qarshi ringga chiqadi.

Jahongir Sotvoldiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Iordaniyan Tokio Olimpiada

Baholaganlar

112

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing