Lionel Messi “Kamp Nou”ga qaytdi

Sport

image

“Barselona” jamoasining sobiq futbolchisi Lionel Messi yangi “Kamp Nou”ga tashrif buyurdi. U Instagram’dagi sahifasida stadiondan bir nechta suratlarni e’lon qildi.

 “Kecha men butun qalbim bilan sog‘ingan, nihoyatda baxtiyor bo‘lgan joyga qaytib keldim. U yerda siz menga dunyodagi eng baxtli odam ekanligimni ming marta his qildirdingiz”, deya yozadi Messi Instagram postida.

Shuningdek, u “Kamp Nou”ning qalbidan “Barselona”ga muhabbatini izhor qildi va stadionga qaytib kelish istagini bildirdi:

“Umid qilamanki, qachondir qaytib kelaman, shunchaki futbolchi sifatida xayrlashish uchun emas”, deya qoshimcha qildi Messi.

Messi Instagram’da oltita surat joylashtirdi: ba’zilari stadion tashqarisidan, ba’zilari esa maydon ichidan tribunalarga qaragan. Oxirgi marta Messi 2021 yil 16 may kuni La Liga doirasida “Selta”ga qarshi o‘yinda “Kamp Nou” maydoniga tushgan edi.

Joriy yilning 7 noyabr kuni  “Barselona” ta’mirlangan “Kamp Nou” stadionida 23 000 tomoshabin ishtirokida ochiq mashg‘ulot o‘tkazgan edi. Ushbu mashg‘ulotlar davomida futbolchilar yangilangan stadionni sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Klub “Kamp Nou”da “Atletik”ga qarshi xalqaro tanaffusdan so‘ng ilk rasmiy o‘yinni o‘tkazishga umid qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Messi “Inter Mayami”  “Neshvill” uchrashuvida 2  gol va bitta golga uzatma amalga oshirib, professional faoliyatidagi 400-assistentni qayd etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi “Barselona” “Kamp Nou”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing