LG mobil telefonlar ishlab chiqarishni to‘xtatadi
Texnologiya
−
05 aprel 2021
4178Janubiy Koreyaning LG Electronics Inc. kompaniyasi uyali telefonlarni ishlab chiqarish va sotishni to‘xtatadi. Bu haqda "Renxap" agentligi kompaniyaning bayonotiga asoslanib xabar bergan.
LG shu yilning 31 iyulida uyali aloqa bozorini tark etadi, kompaniya bu qarorini uzoq muddatli yo‘qotishlar va yirik ishlab chiqaruvchilar bilan raqobatning kuchayishi sababli, deya izohlagan.
Shu bilan birga, kompaniya telefonlar ishlab chiqarishdan voz kechish qisqa muddatga daromadlarning pasayishiga olib keladi, ammo kelajakda bu qaror moliyaviy ahvolni va boshqaruv samaradorligini yaxshilaydi, deb hisoblaydi.
"Renxap"ning ta’kidlashicha, LG kompaniyasining "telefon biznesi" 2015 yildan beri foydasiz bo‘lib kelgan.
LiveBarchasi