Levandovskiy Messining Chempionlar ligasidagi rekordini takrorladi
Sport
−
11:43 543 1 daqiqa
“Barselona”ning 37 yoshli polshalik hujumchisi Robert Levandovskiy UEFA Chempionlar ligasida klub afsonasi Lionel Messiga tegishli tarixiy natijani takrorladi. Bu haqda “365 Scores” portali xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Levandovskiy Yevropa Chempionlar ligasi turnirida 40 ta turli klub darvozasini ishg‘ol etgan. Shu orqali u ushbu turnirda eng ko‘p turli jamoalarga gol urgan futbolchilar reytingida Messi bilan tenglashdi.
Levandovskiyning ushbu yubiley goli “Kopengagen”ga qarshi uchrashuvda kiritildi. Polshalik hujumchi bahsning 48-daqiqasida raqib darvozasini ishg‘ol etib, jamoasining 4:1 hisobidagi g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi. Reytingda keyingi o‘rinda portugaliyalik yulduz hujumchi Krishtianu Ronaldu joy olgan bo‘lib, u Chempionlar ligasida 38 ta turli klubga qarshi gol urgan.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona”ning “Kopengagen”ga qarshi o‘yindagi g‘alabasi jamoaga Chempionlar ligasi nimchorak final bosqichiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l olish imkonini taqdim etganligi haqida xabar berilgan edi.