Levandovskiy “Barselona”dan ketishini e’lon qildi
Sport
−
16 may 2403 1 daqiqa
Polshalik hujumchi Robert Levandovskiy joriy mavsum yakunida “Barcyelona”ni tark etishini ma’lum qildi. Bu haqda Robert o‘zining Instagram sahifasida aytib o‘tdi.
“To‘rt yillik qiyinchiliklar va mashaqqatli mehnatdan so‘ng oldinga siljish vaqti keldi. Men o‘z vazifamni bajargandek his qilib ketyapman. To‘rt mavsum, uchta liga chempionligi. Dastlabki kunlardanoq muxlislardan olgan mehr-muhabbatimni hech qachon unutmayman. Kataloniya mening uyim. Bu to‘rt ajoyib yil davomida uchrashgan barchaga rahmat. Faoliyatimdagi eng yorqin boblardan birini boshdan kechirish imkoniyatini bergani uchun prezident Laportaga alohida minnatdorlik bildiraman. “Barsa” o‘z o‘rniga qaytdi”, deb yozdi Levandovskiy.
Taxminlarga ko‘ra, futbolchi faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi.
Ma’lumot uchun, Levandovskiy “Barselona” safiga 2022 yil yozida qo‘shilgan edi. Shu vaqt davomida 37 yoshli polshalik hujumchi barcha musobaqalarda 191 ta uchrashuvda maydonga tushib, 119 ta gol va 24 ta assist qayd etdi. Kataloniya klubi bilan u uch marta Ispaniya chempioni, uch bor Ispaniya Superkubogi va bir marta Ispaniya Kubogi sohibiga aylandi.