Levandovskiga “Oltin to‘p” topshirilishi mumkin

Sport

image

“France Football” jurnali bosh muharriri Paskal Ferret nashr 2020 yilgi “Oltin to‘p” marosimini bekor qilish haqidagi qarorni qayta ko‘rib chiqishi va sovrinni “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovskiga topshirishi mumkinligini ma’lum qildi.

“Biz bu haqda o‘ylashimiz mumkin, lekin shu bilan birga ovoz berishga asoslangan “Oltin to‘p” tarixini hurmat qilishimiz kerak. O‘tgan yili Levandovski “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritganiga ishonchimiz komil emas. Chunki ovoz berish bo‘lmagan. Ammo o‘tgan yili Levandovskida ajoyib imkoniyat bo‘lardi”, deydi Ferret.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 noyabr kuni Lionel Messi faoliyatida 7-marta “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Levandovski ikkinchi o‘rinni egalladi. Mukofot topshirilganidan so‘ng, Messi Levaga o‘tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lganini ta’kidladi:  

“Robert, sen “Oltin to‘p”ga loyiqsan. O‘tgan yili mukofotni olishing kerakligini barchamiz bilib turibmiz”.

Ma’lumot uchun, Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Jan-Per Papen “Oltin to‘p” obro‘sini saqlab qolish uchun uni Lionel Messiga bermaslik kerakligini aytib o‘tgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Oltin to'p France Football Robert Levandovski

Baholaganlar

336

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing