Levandovskiga Angliyadan yangi da’vogar paydo bo‘ldi
Sport
−
02 mart 2022 4877 1 daqiqa
Londonning "Arsenal" klubi "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovskini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Britaniya matbuoti xabar bermoqda.
Levandovskining "Bavariya" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi. Tomonlar hamkorlikni uzaytirish masalasida hali kelisha olganicha yo‘q. Futbolchining o‘zi turli takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
"Arsenal"dan tashqari Levandovskiga "Chelsi" va "Atletiko Madrid" klublari ham jiddiy qiziqish bildirgan. "Transfermarkt" portali 33 yoshli polshalik hujumchini 50 million yevroga baholamoqda.
Shaxboz Qahhorov
Live
Barchasi