Levandovski Ronaldu va Messining qatoriga qo‘shildi

Sport

image

“Barselona”ning polshalik hujumchisi Robert Levandovski Ispaniya chempionatining 10-turidan o‘rin olgan "Vilyarreal"ga qarshi o‘yinda (3:0) “dubl” muallifiga aylandi.

34 yoshli hujumchi professional faoliyati davomida 601 ta gol urishga erishdi. XXI asrda bungacha faqat ikki futbolchi – Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi bunday natijaga erisha olgan. Levandovski shuningdek, Polshaning "Delta", "Znich" va "Lex" klublarida, keyin esa Germaniyaning “Borussiya” (Dortmund) va "Bavariya" klublarida o‘ynagan.

Joriy mavsumda polyak Ispaniya chempionatida 10 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Chempionlar ligasida Levandovski 4 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, "Transfermarkt" portali ayni damda Levandovskining transfer narxini 45 million yevroga baholamoqda.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

35

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing