Levandovski Ronaldo qayd etgan natijaga erishdi

Sport

image

Polshalik hujumchi Robert Levandovski afsonaviy braziliyalik futbolchi Ronaldoning “Barselona”dagi natijasini takrorladi.

34 yoshli futbolchi La Liganing 34-turidan o‘rin olgan “Espanol” bilan o‘yinda (4:2) dubl qayd etdi. Bu mavsumda futbolchi klub miqyosida jami 31 ta gol urdi: chempionatda 21 ta, Yevropa Chempionlar ligasida 5 ta, Ispaniya superkubogida 2 ta, Ispaniya kubogida 2 ta, Yevropa ligasida 1 ta gol. “Barselona”dagi birinchi mavsumda 30 tadan ortiq gol 1996-1997 yilgi mavsumda Ronaldo tomonidan kiritilgan.

“Barselona” “Espanol” bilan o‘yinda (4:2) La Ligada muddatidan oldin chempionlikni rasmiylashtirdi. Klub 4 yil ichida ilk bor Ispaniya La Ligasida g‘alaba qozondi. Bu “ko‘k-anorranglilar” tarixidagi 27-chempionlik bo‘ldi. Faqat “Real Madrid”da Kataloniya klubiga qaraganda ko‘proq unvonlar bor – 35 ta.


Maqola muallifi

Teglar

“Barselona” Robert Levandovski

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing