Levandovski Anrini ortda qoldirdi

Sport

−

image

“Barselona” hujumchisi Robert Levandovski Kataloniya klubining sobiq a’zosi Terri Anrining natijasidan o‘zib ketdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Levandovski “Selta”ga qarshi o‘yinda klub safidagi 50-golini kiritdi. Shu tariqa, polshalik futbolchi “Barselona” safida 49 ta gol urgan Anrini ortda qoldirdi.

Qayd etishi joiz, Ispaniya chempionatining 25-turidan o‘rin olgan “Barselona” - “Selta” uchrashuvi Vigo shahridagi “Balaidos” stadionida bo‘lib o‘tdi va Kataloniya klubining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Ushbu uchrashuvda Levandovski dubl qayd etdi.

Joriy mavsumda Kataloniya jamoasining polshalik hujumchisi klub safida barcha turnirlarda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar