“Leonardo” bo‘roni sabab 11 ming odam evakuatsiya qilindi

Olam

image

“Leonardo” bo‘roni Ispaniya va Portugaliyaga kuchli yog‘ingarchilik va suv toshqinlarini olib keldi. Ushbu tabiiy ofat sabab 11 ming odam evakuatsiya qilindi. Bu haqda “Sky News” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2026 yilning fevral oyi boshida boshlangan “Leonardo” bo‘roni Ispaniya va Portugaliyada kuchli yog‘ingarchilik va suv toshqinlariga sabab bo‘lgan. Tabiiy ofat ayniqsa, Pireney yarim oroliga jiddiy talafotlar yetkazgan.

Hodisa oqibatida 100 dan ortiq yo‘llar yopilgan va tezyurar poyezdlar harakati to‘xtatilgan. Ispaniya va Portugaliyada 11 000 dan ortiq kishi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan. Portugaliyada avtomobili suv oqimi bilan oqib ketgan 70 yoshli erkak halok bo‘lgan. Ispaniyaning Malaga provinsiyasida esa bir kishi bedarak yo‘qolgan. Keyinchalik jasadi topilgan.

Portugaliya hukumati mamlakatda favqulodda holat rejimini uzaytirgan. Ayniqsa, Tagus daryosi havzasida suv toshqini xavfi tufayli “qizil” ogohlantirish e’lon qilingan.

Ispaniyada Andalusiya mintaqasi eng ko‘p zarar ko‘rgan hudud bo‘lmoqda. Grazalema shaharchasida 36 soat ichida yog‘ingarchilik 700 mm ga yetgan. Aholi esa to‘liq evakuatsiya qilingan. Gvadalkivir daryosi sathining ko‘tarilishi Kordovada ham ko‘plab turar joylarni suv ostida qoldirgan. Ispaniyada zaytun hosiliga yetkazilgan zarar taxminan 200 million yevroga baholangan.

Hukumatga ko‘ra, yer to‘yinganligi sababli drenaj tizimlari ishlamay qolgan. 7 fevraldan boshlab ushbu hududlarga “Marta” deb nomlangan yangi bo‘ron kirib kelishi kutilmoqda. Bu esa vaziyatni yanada og‘irlashtirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 yanvar kuni Fransiyaning shimoliy qismi va Angliya janubidagi minglab uylar va korxonalar kuchli shamol, yomg‘ir va qor olib kelgan “Goretti” bo‘roni haqida xabar berilgandi.

Javohir Aliqulov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

evakuatsiya Portugaliya Ispaniya bo'ron Leonardo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing