Leo futbol bilan yashaydi, biroq “Oltin to‘p” Levaniki – Ibragimovich

Sport

image

“Milan” hujumchisi Zlatan Ibragimovich Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu o‘rtasidagi qarama-qarshilik hamda “Oltin to‘p” topshirish marosimining natijalari haqida gapirdi.

“Messi yoki Ronaldu? Ikkalasi ham juda kuchli futbolchilar. Men ham Messini tanlayman, chunki biz bir jamoada o‘ynadik. Professional munosabatlarga egamiz. Lionel futbol bilan yashaydi. Ammo bu yil Levandovski sovrinni qo‘lga kiritishi kerak edi”, deydi Ibragimovich.

Eslatib o‘tamiz, “France Football” jurnali bosh muharriri Paskal Ferret nashr 2020 yilgi “Oltin to‘p” marosimini bekor qilish haqidagi qarorni qayta ko‘rib chiqishi va sovrinni “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovskiga topshirishi mumkinligini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Lionel Messi faoliyatida 7-marta “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Levandovski ikkinchi o‘rinni egalladi. 5 karra “Oltin to‘p” sohibi hisoblangan “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu ovoz berish yakunlariga ko‘ra 6-o‘rinni egalladi va so‘nggi 11 yil ichida birinchi marta kuchli beshlikdan tushib qoldi. Karim Benzema esa umumiy ro‘yxatda 4-o‘rinni egalladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Krishtianu Ronaldu Zlatan Ibragimovich “Oltin to'p” “France Football” Paskal Ferret

Baholaganlar

120

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing