“Leed Gold” standarti O‘zbekistonga kirib kelmoqda

Biznes

1280x960

“Trilliant” O‘zbekistonda birinchi bo‘lib ekologik toza binolarni qurmoqda
“Trilliant” – O‘zbekistondagi birinchi A+ klassdagi biznes-park bo‘lib, xalqaro standartlarga muvofiq, ekologik toza binolar sertifikati tizimiga ega bo‘lgan loyiha, energetika va ekologik toza dizayn sohasida yetakchilikni o‘zida mujassam etadi, shuningdek, xalqaro “Leed Gold” sertifikatini olishga tayyorlanmoqda.
 
Toshkent shahrining qoq markazi, Yunusobod tumanida barpo etilayotgan A+ toifali, hashamatli biznes markazi bo‘lgan “Trilliant”da ikkita 14 va 17 qavatli ofis minoralari, InterContinental brandi bilan 17 qavat 5 yulduzli mehmonxona, konferens markaz va savdo maydonlari mavjud. “Trilliant” Amerika Yashil Qurilish Kengashi tomonidan ishlab chiqilgan “Leed Gold” sertifikatini O‘zbekistonga olib kirishga hozirlik ko‘rmoqda, bu xalqaro maydonda energetika va atrof-muhit dizayni bo‘yicha yetakchilikni anglatadi. 2022 yilning so‘nggi choragida foydalanishga topshiriladigan “Trilliant” O‘zbekistondagi A+ tifasidagi debyut biznes-parki bo‘lib, olmoqchi bo‘lgan “Leed Gold” sertifikati bilan investor va ijarachilarning e’tiborini tortadi.

“Leed Gold” sertifikati loyihalarni ichki hayot sifati, foydalanuvchilar qulayligi, innovatsiyalar, energiya, suv samaradorligi va resurslar barqarorligi nuqtai nazaridan baholaydi. Dunyoga mashhur kompaniya va investorlar uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu mezonlar qator afzalliklar taqdim etadi. “Leed Gold” sertifikatini qo‘lga kiritish uchun barcha shart-sharoitlarga ega ushbu loyiha jahon andozalari bo‘yicha tavsiya qilinib, binoda ofislarni ijaraga beruvchi investorlar va xalqaro kompaniyalar nufuzini ta’minlashi mumkinligini isbotlashni maqsad qilgan.

Dunyodagi eng yirik arxitektura firmalaridan biri bo‘lgan “DP Architects” tomonidan ishlab chiqilgan “Trilliant” kam uglerod izi, kam energiya sarfi, barqaror obodonlashtirish, elektr transport vositalarini zaryadlovchi qurilma va stansiyalar, qayta ishlash va chiqindilarni boshqarish, aqlli shamollatish tizimlari va eng muhimi, kam texnik xarajatlarga ega. Ya’ni, biznes olamiga yangi shukuh olib kiradi.
 
Investitsion kompaniyasining bosh direktori Orxan Gunduz, qurilish paytida ham, foydalanish paytida ham uglerod izini minimallashtiradigan barqaror xususiyatlarga ega loyiha qurish niyatida ekanliklarini aytib, qo‘shimcha qildi: “Loyiha hozirda loyihalash bosqichida bo‘lsada, bizning ustuvorligimiz xalqaro standartlarga muvofiq odamlar va atrof-muhit uchun xavfsizlikdir. Ishlab chiqish jarayonida biz loyihamizni xalqaro maydondagi eng mashhur va obro‘li baholash tashkiloti “Leed Gold” darajasida sertifikatlashga qaror qildik. Bugungi kunda ko‘plab xalqaro kompaniyalar uchun “Leed Gold” sertifikatiga ega bo‘lgan loyihalarga ustuvor ahamiyat ega va hattoki uni majburiy qilib qo‘yishadi.”

“Trilliant” haqida:

Poytaxtimizning Yunusobod tumanida qurilayotgan va 125 000 kvadrat metr maydonni egallagan Trilliant xalqaro A+ standartlari bo‘yicha O‘zbekistonda e’tiborga sazovor Biznes Park loyihasiga aylanishga tayyorlanmoqda.
Dubay Mall, Singapore Sports Hub va Espelande Theatre kabi yirik loyihalar bilan shartnomalar imzolagan dunyodagi eng yirik arxitektura firmalaridan biri DP Architects tomonidan ishlab chiqilgan loyiha xalqaro miqyosda maslahatchilar JLL, TSP va Securitas bilan O‘zbekiston ishbilarmonlik olamiga yangi istiqbollarni ochadi. Trilliant 2022 yil dekabr oyida 14 va 17 qavatli ikkita ofis minoralari , sotiladigan va ijaraga beriladigan 345 ta ofis maydoni, 17 qavatli mehmonxona minorasi, anjumanlar markazi, yashil maydon va 34 ta maxsus do‘konlari bilan o‘z eshiklarini ochadi.

Murojat uchun: 

e-mail : [email protected]

Bog‘lanish uchun telefon: +998 71 205 59 95 

Instagram'da yangiliklardan boxabar bo‘ling 

Facebook'da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling                                 

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

61

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing