Lazizbek Mullajonov ham Olimpiadada ishtirok etadi

Sport

image

Italiyaning Busto Arsitsio shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi litsenzion turnir davom etmoqda.

-92 kg vaznda saralash bahslarida qatnashgan O‘zbekiston vakili Lazizbek Mullajonov gruziyalik Georgi Kushitashviliga qarshi bahs olib borib, g‘alabaga erishdi va Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga litsenziya oldi.

Kun dasturda O‘zbekiston vakillaridan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev va To‘rabek Habibullayev ham to‘rt yillikning eng yirik sport musobaqasiga yo‘llanma olish uchun ringga ko‘tariladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq -63,5 kg vaznda kurash olib borgan Ruslan Abdullayev Olimpiada yo‘llanmasiga ega chiqqani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Lazizbek Mullajonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing