Lazerli epilyatsiya to‘g‘risida 5 ta afsona

Biznes

image

Qimmat, og‘riqli, samarasiz... Siz hali ham mana shu sabablar tufayli lazerli epilyatsiyadan voz kechyapsizmi? Ideal darajada silliq va mayin teriga og‘riqsiz va noqulayliklarsiz erishib bo‘lmaydi deb o‘ylaysizmi? Keling, bu xato tasavvurlardan birgalikda voz kechamiz! Toshkentdagi “Beauty Lab” go‘zallik studiyasi asoschisi Madina lazerli epilyatsiya to‘g‘risidagi eng keng tarqalgan afsonalarni puchga chiqaradi.
 

1-afsona: lazerli terapiya bu – og‘riqli
Qizlarning aksar qismi lazerli epilyatsiyadan aynan og‘riqli ekani tufayli voz kechadi va shu sababli studiyamizda bosh sehrgar – aleksandritli MOTUS AX Moveo lazeri mavjud. Ushbu lazer sizni nomaqbul tuklardan xalos etib, terini uzoq vaqtga silliq qilibgina qolmay, muolajani mutlaqo og‘riqsiz o‘tkazadi.


MOTUS AX Moveo follikulalarga saralama ta’sir ko‘rsatadi, ish jarayonida teri qoplamiga shikast yetkazmaydi. Ko‘k yoqutli poynagiga o‘rnatilgan sovutish tizimi har qanday og‘riqli hislarni va boshqa epilyatsiya apparatlari uchun xarakterli noxush asoratlarni istisno qiladi. Muolaja vaqtida og‘riqni qoldiruvchi preparatlardan foydalanishga ehtiyoj yo‘q: ta’siri mutlaqo noqulaylik tug‘dirmaydi. To‘liq tin olish mumkin. Moveo epilyatsiyasi anchayin tez bo‘ladi.

2-afsona: lazerli terapiya jarohatga sabab bo‘ladi
Moveo lazeri eng nozik va ta’sirchan joylar: qo‘ltiq osti va chuqur bikini, yuzdagi tuklarni ketkazishga qodir. Moveo texnologiyasi – bu teringizni avaylab parvarishlashdir. Barcha noxush asoratlar mutlaqo istisno qilingan. Kuyishlar, ko‘karishlar, qichish va qizarishlar, og‘riq va boshqa odatiy muammolar umuman uchramasligi kafolatlanadi.

3-afsona: natijani faqat muolajalar kursi tugaganidan keyin ko‘rish mumkin
Bir-ikki seansdan keyinoq sezilarli natija kuzatiladi: tuklar ancha kamayadi, o‘sishi sekinlashadi. Bunda keyingi muolajalardan voz kechish tavsiya etilmaydi, nomaqbul tuklardan bir umrga qutulish uchun kursni to‘liq o‘tgan ma’qul.
Lazerimiz ishlab chiqaruvchisi barcha tavsiyalarga rioya etilganda tuklardan butunlay qutulishni kafolatlaydi, faqat natijani mustahkamlash uchun yarim yil-bir yilda bitta seans o‘tkazib turish kerak bo‘ladi.

4-afsona: lazerli epilyatsiya faqat muayyan fototipdagi qizlargagina to‘g‘ri keladi
Yangi avlod MOTUS AX Moveo lazeriga asoslangan epilyatsiya muolajamiz barcha fototiplarga mansub, jumladan qoramag‘iz qizlarga ham to‘g‘ri keladi. Ayniqsa muhim jihati – quyoshda toblanish taqiqlanmaydi! Agar oldinlari yilning sovuq mavsumida tuklardan qutulishga ulgurmaganlar terining silliqligi va plyajda dam olishdan birini tanlashlariga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, endi tuklarni bevosita ta’tildan keyin ham ketkazish, seanslar oralig‘ida esa bemalol quyoshda toblanish mumkin.

5-afsona: lazerli epilyatsiya – qimmat 
Agar depilyatsiya –tuk follikulalarini buzmay tuklarni vaqtinchalik ketkazish muolajasidan foydalanadigan bo‘lsangiz, o‘rtacha hisobda, sinalgan go‘zallik salonida bu muolaja lazerli epilyatsiya seansi bilan qariyb baravar turadi. Bunda vaksing yoki shugaringga siz har yili qatnashingizga to‘g‘ri keladi, lazerli epilyatsiyaga esa, muaolajalar kursi tamomlanganidan keyin, samarani ushlab turish uchun yilda bir marta borish kifoya.
Muvaffaqiyatsiz epilyatsiyadan keyin bizga murojaat qiladigan qizlar kam emas, ular muolajalarning og‘riqli ekani, teri qoplamalarining shikastlanishidan shikoyat qiladilar. Shu sababli biz barcha qizlarga epilyatsiya muolajalari uchun faqat sinovdan o‘tgan jihozlarni tanlashni tavsiya qilamiz, shunda nafaqat terining silliqligi, balki salomatligi ham ta’minlanadi. “Beauty Lab” studiyamizda biz narx va sifatning ideal mutanosibligini taklif etamiz – eng zamonaviy aleksandritli lazerlardan biri va epilyatsiya seansining eng yaxshi narxi sizga muntazir. 

Ideal darajada silliq va mayin teri – og‘riqsiz va noqulayliksiz? Buning iloji bor. Sizni go‘zallik studiyamizda kutamiz!

Toshkentdagi “Beauty Lab” saloni: Toshkent sh., Hamid Olimjon maydoni, 13a.


Tel: +998 95 476 06 06


Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing 

 

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

317

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing